O‘zbekistonda koronavirus: resurslar poyoniga yetdi, shifoxonalar to‘lgan

O‘zbekistonda koronavirus: resurslar poyoniga yetdi, shifoxonalar to‘lgan

Koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Habibulla Oqilov bugungi vaziyat haqida ma’lumot berdi. 

«Sog‘liqni saqlash tizimidagi resurslar bugungi kunga kelib poyoniga yetdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 

Bugun shifoxonalarda koyka o‘rinlari to‘lgan. Barcha shifokorlar jalb etilgan. Shu bois maxsus komissiya bilan kelishgan holda simptomsiz bemorlarni uyda davolanishlariga ruxsat berdik. 

Afsuski, boshqa surunkali kasalligi bor bemorlarning qanchasi davolana olmagani, qanchasi vafot etayotgani haqidagi statiskamiz yo‘q. Bu haqiqat. Bunga ko‘z yumishimiz mumkin emas», — dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!