O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘rigan bemorlar uchun qancha joy kerak?

O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘rigan bemorlar uchun qancha joy kerak?

Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori va Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh infeksionisti Erkin Musabayev «Gazeta.uz»ga intervyu berdi:

- O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘rigan bemorlar uchun qancha joy kerak? Kasalxonalarimiz qanchalik to‘lgan?

- Kasalxonalardagi to‘shaklarning aniq sonini Sog‘liqni saqlash vazirligi biladi, ammo hozir hammasi darz ketmoqda (intervyu nashr etilgan paytda koronavirus bilan davolanayotgan bemorlar soni 3030 nafar edi — tahr.).

Shuning uchun endi imkon qadar tezroq bemorni ambulator davolash usulini yo‘lga qo‘yish kerak.

Bizda simptomlarsiz bemorlarning soni umumiy kasallanganlarning taxminan 60 foizini tashkil qiladi. Dastlab jiddiyroq kasallar ko‘p bo‘lgan, keyinchalik taxminan ikki oydan keyin asoratlarsiz bemorlar ko‘payib ketgan.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!