O‘zbekistonda karantin: "Shu qo‘lingiz bilan bolangizni ushlaysizmi endi?"

O‘zbekistonda karantin: "Shu qo‘lingiz bilan bolangizni ushlaysizmi endi?"

Ayni damda O‘zbekistonda karantin. Har kuni uydan behudaga chiqmaslik, doim ogoh bo‘lish, o‘zimizni asrashimiz kerakligi haqida gapiriladi. Ammo hali ham oramizda atrofdagilarning, oila a’zolarining taqdiriga befarq bo‘lganlar uchrab turibdi.

Ko‘chada, aniqrog‘i stadion yonida g‘alati holatga duch keldim. Atrof g‘ira-shira qorong‘i. Erkaklar yig‘ilib olgan. Og‘zida niqob, ammo yonida spirtli ichimliklar, yana allambalolar. Kishi mast bo‘lganida har qanday qoidani esdan chiqaradi, gigiyena haqida-ku gap bo‘lishi mumkin emas. O‘sha erkaklar uyiga borganida farzandiga qo‘l tekkizadi, ungacha yana kimlar bilan apoq-chapoq bo‘ladi, Xudo biladi.

Bu bugungi karantinga rioya qilinmayotgan kichik bir holat. Ming afsuski, bunday holatlar uchrab turibdi.

Ko‘zingizni oching, yurtdoshlar, bugun O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 266 ta bo‘ldi. Keling, shu raqamning ko‘payishiga emas, virusning yo‘q bo‘lishiga hissa qo‘shaylik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!