O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun bojxona to‘lovlari kamaytiriladi

O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun bojxona to‘lovlari kamaytiriladi



2027 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlar uchun bojsiz olib kirish me’yorlaridan ortiqcha olib kiriladigan tovarlarga yagona bojxona to‘lovi stavkasi 30% dan 20% ga pasaytiriladi. Shuningdek, tovarning har bir kilogrammi uchun minimal to‘lov miqdori 3 dollardan 2 dollarga kamaytiriladi.

Bu yengillik yangi mobil qurilmalarga ham tatbiq etiladi. Agar telefon olib kirishda deklarasiya to‘ldirilmagan bo‘lsa, uni UzIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan boj stavkasi ham 30% o‘rniga 20% ni tashkil etadi.

Masalan, samolyotda 1 300 dollarlik iPhone olib kirilganda (1 000 dollarlik limitdan ortgan 300 dollar uchun) to‘lanadigan to‘lov 90 dollardan 60 dollarga tushadi. Bundan tashqari, 2027 yil 1 iyundan e’tiboran, hisoblangan yagona bojxona to‘lovi bojxona yig‘imlari summasidan kam bo‘lsa, bunday yig‘imlar umuman undirilmaydi.

Shu bilan birga, ilgari joriy etilgan amaldagi cheklovlar va me’yorlar saqlanib qoladi. Bojsiz olib kirish limitlari:

aviayo‘lovchilar uchun — 1 000 dollar, temir yo‘l va daryo transportida — 500 dollar, avtomobil va piyoda o‘tish punktlarida — 300 dollar;

kurerlik jo‘natmalari: bir jismoniy shaxs uchun oyiga 200 dollar.

Manzilda bo‘lish talabi. Bojsiz limitdan foydalanish uchun fuqaro chegaradan piyoda yoki mashinada o‘tganda kamida 2 kun, samolyotda uchib kelganda esa kamida 3 kun chet elda bo‘lish shart.

Maxsus talablar. Yangi telefonlarni qiymatidan qat’i nazar deklarasiya qilish majburiy. Shuningdek BADlar, tamaki va parfyumeriya mahsulotlarini olib kirish bo‘yicha ham alohida cheklovlar amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада