O‘zbekistonda ishga muhtojlar soni 1,4 mln kishini tashkil etadi

O‘zbekistonda ishga muhtojlar soni 1,4 mln kishini tashkil etadi

Bu raqam 2022 yilning 4 aprel holatiga ko‘ra hisoblangan.

AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi mutasaddilari ishtirokida "O‘zbekistonda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migrasiyasi borasida olib borilayotgan islohotlar" mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Zohid Askarov, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi boshqarma boshlig‘i:

➖ Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan xususiy bandlik agentliklari reestridan o‘tgan 80 ta yuridik shaxsga xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi lisenziya berilgan.

O‘tgan davr mobaynida 71 ta xususiy bandlik agentligining lisenziyasi bekor qilingan (shundan 59 tasi korxonaning arizasiga muvofiq, 12 tasiga nisbatan jinoyat ishi ochilgan). Hozirgi vaqtda lisenziyaga ega 6 ta xususiy bandlik agentligi faoliyat yuritmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!