O‘zbekistonda ilk bor avtomobillarda GPS-mo‘ljal olish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

O‘zbekistonda ilk bor avtomobillarda GPS-mo‘ljal olish bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi

Ekstremal avtoturizm ishqibozlari Konstitusiya kunini O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan aksiya bilan nishonladi. 8 dekabr kuni Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumanida avtomobillarda GPS-mo‘ljal olish bo‘yicha «Yo‘l instinkti» musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deb yozadi «Novosti Uzbekistana».

70 ga yaqin odam 20 ta avtomobilda ikkita kategoriya bo‘yicha g‘alaba uchun kurashdi. «Ekstra-engil» nominasiyasida istalgan mashinalar ishtirok etishi mumkin bo‘lgani holda, «Ekstremal sarguzasht» kategoriyasi faqat yo‘ltanlamaslarga mo‘ljallandi.

Musobaqa ishtirokchilari nazorat nuqtalarini topishi kerak bo‘lgan geografik koordinatalar oldi. Bu nuqtalar kutilmagan joylarda joylashgan, yo‘ltanlamaslar uchun esa murakkab marshrut o‘ylab chiqilgan edi.

«Ekstra-engil» kategoriyasida «Lada Kalina» avtomobilidagi «Aviatorlar» jamoasi g‘olib bo‘ldi. «Ekstremal sarguzasht» kategoriyasida esa birinchi o‘rin «Lada 4x4» avtomobilidagi «Susanin» jamoasiga nasib qildi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!