O‘zbekistonda harorat -15 darajagacha tushib ketadi – "O‘zgidromet"

O‘zbekistonda harorat -15 darajagacha tushib ketadi – "O‘zgidromet"

Sinoptiklarni ma’lum qilishicha, 13-14 martda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

13-14 martda respublikada yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 14 martga o‘tar kechasi qorga aylanadi), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.  

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 13 martda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.  

14-15 martda harorat  kechalari 2-7° sovuqgacha, kunduz kunlari 2° sovuq-3° iliqgacha, Qoraqalpog‘istonda kechalari 10-15° sovuqgacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqgacha, Xorazm viloyatida kechalari 6-11° sovuqgacha, kunduz kunlari 0-5° sovuqgacha pasayadi.

13-14 martda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.  


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!