O‘zbekistonda eng ko‘p yangi korxonalar tashkil qilgan davlatlar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda eng ko‘p yangi korxonalar tashkil qilgan davlatlar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston davlat statistikasi qo‘mitasi xorijiy investisiya ishtirokida tashkil qilingan korxonalar to‘g‘risida ma’lumot tayyorladi.

O‘zbekistonda 2019 yilda xorijiy kapital ishtirokida  yangi tashkil etilgan korxonalar soni 1715 ta tashkil etdi. Bu 2018 yilning mos davri bilan solishtirilganda sal kam ikki baravar ortiq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Reytingda yetakchilikni Xitoy egalladi, uning investisiyasi ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalar soni 289 ta tashkil qildi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya (251 ta korxona), uchinchi o‘rinda Turkiya (231 ta korxona).

Rossiya biznesi shu yilda O‘zbekistonda sanoat korxonalari (30,7%), savdo-sotiq (29,2 %), qurilish (11,4%), qishloq xo‘jalik (8%) sohalarda yangi korxonalar tashkil qildi.

2019 yil 1 iyul holatiga O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida 9014 ta korxona faoliyat ko‘rsatgan, ulardan Rossiya investisiyasi ishtirokida 1631 ta korxona.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!