O‘zbekistonda eng ko‘p qo‘llanilgan vaksina qaysi?

O‘zbekistonda eng ko‘p qo‘llanilgan vaksina qaysi?

Ayni paytda mamlakatimizda 5 turdagi vaksinadan foydalanilayotgan bo‘lib, jami qo‘llanilgan vaksinalar 17,4 million dozadan oshdi.
Shu vaqtgacha eng ko‘p qo‘llanilgan vaksina o‘zbek-xitoy hammuallifligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidir. Ayni paytgacha foydalanilgan vaksinalarning 17 foizini ZF-UZ-VAC2001, 14 foizini Moderna, 2 foizini "Sputnik V" hamda 5 foizini AstraZeneca vaksinasi tashkil qilmoqda. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Botir Qurbonov ma’lum qildi.

Shuningdek, mutasaddi vaksina pandemiyani yengishning hamda o‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligini asrashning yagona chorasi ekanligini ta’kidlab o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!