O‘zbekistonda dollar kursi oshishi to‘xtadi va 125 kunda birinchi bor pasaymoqda

O‘zbekistonda dollar kursi oshishi to‘xtadi va 125 kunda birinchi bor pasaymoqda

AQSh dollarining rasmiy kursi 125 kunda birinchi bor o‘sishdan to‘xtab, 2,2 so‘mga pasaymoqda. Prognozga ko‘ra, dushanbadan dollar kursi 8312,6 so‘mga teng bo‘ladi. Bu haqda valyuta birjasida savdo yakunlari dalolat beradi, deb xabar qilgan Turon24.

O‘zbekistonda dollar kursi oxirgi 18 hafta davomida muttasil oshib kelgan edi. Joriy yilning 7 avgustida dollarning eng past kursi – 7783 so‘m darajasida qayd etilgan bo‘lsa, 4 oy davomida dollar 531 so‘mga qimmatlashib, o‘tgan haftada uning kursi 8314 so‘mga yetgan.

Hozirgi paytda aksariyat tijorat banklari aholidan dollarni 8290 so‘mdan sotib olmoqda. Qishloq qurilish banki, Ipak yo‘li banki va "Turonbank" yaxshiroq kurs taklif etgan: 1 dollar narxi – 8300 so‘m. Eng yuqori kursda esa Universal bank sotib olmoqda – 8310 so‘m.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!