O‘zbekistonda dekabr o‘rtalarida ob-havo isishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dekabr o‘rtalarida ob-havo isishi kutilmoqda

Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 10 dekabr kuni joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Biroq 11 va 12 dekabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmayapti, 10 dekabrdan 12 dekabrgacha kunduzi harorat 10 darajagacha iliydi.

Oy o‘rtasiga kelib havoning yanada isishi va’da qilinmoqda. Bulutlar o‘rnini quyosh egallaydi, havo harorati esa 14 darajagacha isiydi. 13 dekabr, payshanba kuni harorat kunduzi 13 darajagacha, kelgusi kuni esa 14 darajagacha iliydi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 9—10 dekabr kunlari joylarda yog‘ingarchilik kutilmoqda, 11—12 dekabr kunlari esa yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 11—12 dekabr kunlari tog‘larda kunduzgi harorat 2 darajadan 7 darajagacha iliqni tashkil etadi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!