O‘zbekistonda davlat idoralari ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beruvchi platforma yaratildi

O‘zbekistonda davlat idoralari ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beruvchi platforma yaratildi

O‘zbekistonda davlat idoralari ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkonini beruvchi platforma yaratildi. Bu haqda "Norma.uz" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining "Idoralararo elektron hamkorlik tizimi va ma’lumotlar axborot almashinuvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilingan.

U bilan "Elektron hukumat" tizimining raqamli ma’lumotlar platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan.

Shuningdek, platforma orqali tijorat va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar davlat idoralari ma’lumotlar bazalaridagi ma’lumotlardan pullik asosda foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Nizom asosiy qoidalari:

  • ushbu platformaga ulanish xavfsiz VPN tarmog‘i orqali amalga oshiriladi;
  • platformaga ulanish uchun savdo korxonalari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi "Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi"ga so‘rov yuboradi;
  • platformaga ulanish to‘g‘risida ijobiy qaror qabul qilinganda markaz va foydalanuvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi;
  • foydalanuvchi qiziqtirgan ma’lumotni tegishli so‘rovlarni yuborish orqali oladi, har bir so‘rov uchun bazaviy hisloblash miqdorining 0,1 foizidan 2 foizigacha miqdorda to‘lov amalga oshiriladi;
  • platforma orqali foydalanuvchilar o‘z ma’lumotlarini shartnoma asosida boshqa foydalanuvchilarga taqdim etishi mumkin.

Qaror bilan "Elektron hukumat" tizimining idoralararo integrasiyalashuv platformasi orqali elektron hamkorlik va axborot almashinuvi tartibi to‘g‘risidagi nizom (platforma davlat organlarining idoralararo hamkorligi uchun mo‘ljallangan), davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun to‘langan davlat boji, yig‘im va boshqa to‘lovlar hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi foydalanuvchilari o‘zaro hamkorlikda ishlashi tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjat 20 sentyabrdan boshlab kuchga kirgani ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!