O‘zbekistonda birinchi jinsi brendi yaratildi

O‘zbekistonda birinchi jinsi brendi yaratildi

Prezidentimiz g‘oyasi asosida bundan 3 yil oldin O‘zbekistonga kirib kelgan klaster usuli amalda o‘zini oqlamoqda. Mamlakatimizdagi qaldirg‘och klaster — «BCT Cluster» paxta-to‘qimachilik klasterida o‘tgan qisqa davr ichida chigit ekishdan tortib, tayyor jinsi liboslari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonni qamrab olgan texnologik sanoat zanjiri yaratildi.  

Bugun esa zanjirli ishlab chiqarishning eng muhim bo‘lgan oxirgi halqasi ham bog‘landi. Toshkent shahrida dastlabki savdo majmuamiz ochildi. Bu yerda birinchi milliy jinsi brendi «B Jeans» yorlig‘i ostidagi bolalar, ayollar va erkaklar jinsi liboslari taqdim etiladi. Yaqin istiqbolda AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Rossiya kabi o‘nga yaqin davlatlarning yirik shaharlarida ham mana shunday savdo majmualari faoliyatini yo‘lga qo‘yamiz. 

Bu davlatimiz rahbari tomonidan chetga paxta xom ashyosi emas, tayyor mahsulotlar eksport qilish maqsadida olib borilayotgan islohotlarning bir mevasidir. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!