O‘zbekistonda avtomobil eksportining 95 foizi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda

O‘zbekistonda avtomobil eksportining 95 foizi Qozog‘istonga to‘g‘ri kelmoqda

Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning I choragida xorijiy davlatlarga qiymati 87,4 mln dollarga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.

Engil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50,9 mln dollarga oshgan. O‘zbekiston yengil avtomobillari asosan Qozog‘istonga (8 468 dona) eksport qilingan. Bu ushbu davrdagi O‘zbekiston yengil avtomobil eksportining deyarli 95 foizini tashkil qiladi.

O‘zbekiston yengil avtomobil eksport qilgan davlatlar:

  • Qozog‘iston — 82,6 mln;
  • Ukraina — 1,5 mln;
  • Afg‘oniston — 1,3 mln;
  • Qirg‘iziston — 963,3 ming;
  • Ozarbayjon — 444,7 ming;
  • Rossiya — 313,0 ming;
  • Tojikiston — 134,4 ming dollar.

Eslatib o‘tamiz, mart oyida O‘zbekistonda avtomobillar savdosida o‘cish kuzatilgani haqida xabar bergan edik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!