O‘zbekistonda avtokredit stavkalari 24 foizgacha pasaydi

O‘zbekistonda avtokredit stavkalari 24 foizgacha pasaydi

Markaziy bank kreditlar bo‘yicha maqbul stavkani o‘rnatib, biznes uchun 21 foiz, chakana kreditlar uchun 24 foiz etib belgilagan edi, deb yozmoqda Spot.

Shu bilan birga, regulyator maksimal stavka bo‘yicha cheklov joriy etmasdan, bozor ishtirokchilarini foiz stavkalarini belgilangan stavka doirasida olib borishni rag‘batlantirish uchun bir qator iqtisodiy vositalarni joriy etdi.

May oyida O‘zbekiston banklari tomonidan taqdim etilayotgan avtokreditlar ro‘yxati e’lon qilingandi. U paytda foiz stavkalari 25-28 foiz atrofida va undan yuqori edi.

1 iyuldan boshlab esa eng qimmat hisoblanuvchi avtokredit stavkalari tushishni boshladi. Avtokredit beriluvchi deyarli barcha banklarda stavka miqdori endi 24 foizni tashkil etadi.

Xususan, «Asaka bank»da stavka 26-30 foizdan, «Davr bank»da 26-27,5 foizdan, «Ipoteka bank»da 28 foizdan, Orient Finans Bank’da 26-28 foizdan tushdi. Shu bilan birga, dastlabki badal to‘lovi va kredit muddati deyarli hech qaysi bankda o‘zgarmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!