O‘zbekistonda anor urug‘idan yog‘ ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda anor urug‘idan yog‘ ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi

Sirdaryo viloyatida anor urug‘idan yog‘ ishlab chiqarish bo‘yicha startap ishga tushirildi.

Innovasion rivojlanish vazirligi loyihaga 305,2 mln so‘m miqdorida grant ajratdi. Ishlab chiqarish bilan “Anor yog’i Sirdaryo” MCHJ shug‘ullanadi.

Korxona rahbari Yashin Mamatqulovning aytishicha, korxona grant evaziga Xitoydan ikki turdagi uskunalar xarid qildi. Birinchisi - danaklarni siqish uchun tayyorlaydi. Ikkinchisi sovuq press bo‘lib, unga toza danaklar yuklanadi.

Laboratoriyada barcha qayta ishlashdan so‘ng, yoq sifat va foydalanishga yaroqliligi tekshiriladi. Keyinchalik, shishalarga quyilib, sotish uchun tayyorlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!