⚡️O‘zbekistonda 6 milliondan ortiq kishi vaksina qabul qildi, reja — 21 million nafar

⚡️O‘zbekistonda 6 milliondan ortiq kishi vaksina qabul qildi, reja — 21 million nafar

Anjumanda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 21 million fuqaroni emlash rejalashtirilgan.

«Biz shu kunga qadar 1 million 34 ming kishini to‘liq emlab bo‘ldik. Vaksina qabul qilgan insonlarning jami soni esa 6 million nafardan oshdi (bu raqam ichida bir, ikki va uch marta vaksina olganlar bor).

O‘zbekistonda bugungi kunda 4,1 mingta emlash punktlari faoliyat ko‘rsatyapti. Afsuski, biz bir kunda bitta pukntda 19 kishinigina emlayapmiz xolos. Aslida esa imkoniyatimiz kuniga 70 odamni emlashga yetadi», — deya ta’kidladi Otabekov.

Rasmiy xabarlar (https://t.me/Rasmiy_xabarlar_Official) | Mediabank (https://t.me/aokamediakontent/)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!