O‘zbekistonda 3-bosqich talabalarga ham maktabda dars o‘tishi mumkin

O‘zbekistonda 3-bosqich talabalarga ham maktabda dars o‘tishi mumkin

Hukumatning «Ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi, deb xabar beradi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi.

Qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki va sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi (avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab maktablarda dars berishlari mumkin edi).

Ta’kidlanishicha, oliy ma’lumotli pedagog xodimlar va pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi malaka toifasiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, qaror bilan boshqa hududlardan o‘qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibi belgilangan. Unga ko‘ra, ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarda dars berish istagini bildirgan o‘qiruvchi-pedagoglar har yili 1 iyuldan 1 avgustga qadar quyidagi ikki bosqichda saralab olinadi:

1-bosqichda ariza bilan ro‘yxatdan o‘tgan o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqiladi;
2-bosqichda ariza bilan ro‘yxatdan o‘tgan o‘qituvchilar kasbiy bilim va ko‘kinmalari, pedagogik mahorati hamda psixologik qobiliyati yo‘nalishida suhbatdan o‘tkaziladi.

Saralash onlayn tarzda amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!