O‘zbekistonda 2021 yil yakunigacha 10ta elektr stansiya ishga tushiriladi

O‘zbekistonda 2021 yil yakunigacha 10ta elektr stansiya ishga tushiriladi

Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda Toshkent, Buxoro, Xorazm, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida elektr stansiyalari qurilmoqda.

Ular ishga tushgach, O‘zbekiston energetika tizimining umumiy quvvati 16 ming megavattga yaqinlashadi va 2016 yilga nisbatan 52 foizga oshadi.

2025 yilgacha esa bu ko‘rsatkich 25 600 megavattgacha, 2030 yilga qadar 29 200 megavattgacha oshirilishi rejalashtirilgan. Ya’ni 10 yil davomida umumiy quvvatni qariyb ikki barobarga oshirish ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!