O‘zbekistonda 10 oyda qancha ish haqi va nafaqa pullari talon–toroj etilgani ma’lum qilindi
Respublikadagi mahallalarning 3646 tasida (38,5%) jinoyat qayd etilmadi, 4596 tasida (48,6%) jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishildi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Prokurorlar tashabbusi bilan 683 marotaba o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 9 311 nafar ishsiz fuqaro ishga joylashtirildi.
Ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd. so‘mi talon - toroj qilinganligi aniqlanib, 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Joriy yilning 10 oyida tadbirkorlar, shu jumladan xorijiy investorlarning 22 115 nafariga “Tez yordam” tamoyili asosida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shundan, 5 587 nafar tadbirkorga 691 mlrd. so‘mlik kredit, 421 nafariga yer maydoni, 132 nafariga bino ajratilishi, 976 nafariga ruxsatnoma va lisenziya berilishi, 7 235 nafarini muhandislik tizimiga ulanishida amaliy ko‘mak berildi.
Natijada, faoliyat ko‘rsatmayotgan 7 210 ta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati qayta tiklanishi hisobiga 10 mingdan ortiq ish o‘rinlari yo‘qotilishining oldi olindi.
Shuningdek, 7897 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilib, 18 565 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.
Xorijiy investorlar faoliyatida yuzaga kelgan 3 125 ta muammolar ijobiy hal etildi.
2024 yilgi investisiya dasturi asosida kurilish - ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan ob’ektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 61,2 mlrd. so‘mlik sifatsiz ishlar va 82,1 mlrd. so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida bartaraf etilib, huquqbuzarliklarning oldi olindi.