O‘zbekistonda 10 iyuldan karantin choralari kuchaytirilgan holda qayta tiklanishi rostmi?

O‘zbekistonda 10 iyuldan karantin choralari kuchaytirilgan holda qayta tiklanishi rostmi?

Turli manbalarda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatning yomonlashuvi sabab O‘zbekistonda 10 iyuldan 1 avgustgacha karantin choralari kuchaytirilgan holda qayta tiklanishi haqida xabarlar tarqaldi.

Unga ko‘ra, respublika miqyosida avtotransportlar harakati cheklanadi. Hududlararo qatnovlar ham to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari rejaga ko‘ra,

Madaniy, ko‘ngilochar tadbirlar, oilaviy yig‘inlar va to‘ylar, tomoshalar to‘liq taqiqlanadi. 
Umumiy ovqatlanish ob’ektlari (restoran, kafe, oshxonalar) yopiladi. 
Parklar, istirohat bog‘lari, buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi do‘konlar, sport zallari, sanatoriylar, bolalar oromgohlari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyati to‘xtatiladi.

65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida yurishi, aholining ko‘cha va maydonlarda uch kishidan ortiq to‘planishi ham taqiqlanishi kutilmoqda.

Ushbu cheklovlar bo‘yicha maxsus komissiya qarori chiqishi kutilmoqda.

 

P/S. Hozircha bu norasmiy xabar. Rasmiy ma’lumotni kutib qolamiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!