O‘zbekiston zilziladan jabrlangan afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatadi – TIV

O‘zbekiston zilziladan jabrlangan afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatadi – TIV

O‘zbekiston TIV Afg‘onistonda mingdan ortiq kishining halok bo‘lishiga olib kelgan zilziladan so‘ng qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston Afg‘onistondagi zilzila oqibatlarini tezroq bartaraf etishda birodar afg‘on xalqiga yordam berishga tayyor. Bu haqda kecha, 22 iyun kuni mamlakat Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda keltirilgan.

“Afg‘onistonning Paktika va Xost provinsiyalarida ro‘y bergan zilzila oqibatida ko‘plab insonlarning qurbon bo‘lgani va jarohatlangani, shuningdek, jiddiy vayrongarchiliklar kelib chiqqani haqidagi xabarlar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi. Halok bo‘lganlarning oilalariga chin dildan hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz”, deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston hukumati tabiiy ofatning fojiali oqibatlarini imkon qadar tez bartaraf etishda birodar Afg‘oniston xalqiga har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor.

Ma’lumot uchun, kecha Toshkent vaqti bilan 01:55 atrofida Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi va uning kuchi O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida ham sezildi.

Afg‘onistonning sharqiy qismida yuz bergan zilzila oqibatida avvaliga 255 kishi halok bo‘lgani, kamida 150 kishi jarohat olgani haqida ma’lum qilindi. Keyinchalik esa zilzila qurbonlari soni 1500 nafarga yetdi, 2000 dan ortiq kishi jarohat olgan. Qurbonlarning ko‘pchiligi – mamlakat sharqidagi Paktika viloyatida qayd etilgan, birgina Rayan tumanida 200 dan ortiq kishining jasadi topilgan.

Mamlakatni boshqarayotgan “Tolibon”* FVV rahbari o‘rinbosari Sharafuddin Muslimning ma’lum qilishicha, Paktika, Xo‘st va Nangarhorda halok bo‘lganlarning oilalari hukumatdan 100 ming afg‘oniy (1,1 ming dollar), jabrlanganlarning oilalari esa 50 ming afg‘oniy (550 dollar) oladi.

*Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanksiyalari ostida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (8 )

    Johongir
    Барибир улар яхшилик килишни билмайди ундан кура ахолини харид кувватини кутарларинг
    Баходир
    Майли савобам булади. Бечора халки эзилиб кетти.
    DOKTOR ASILBEK
    Qani endi wu avgʻon qirgʻiz tojik qoʻwnini oʻrniga okean bizga chegaradow boʻlganda
    Sharl
    Hudoga shkur qileylik bizani hayotimiz ularnikidan ancha yaxshi
    Olimxon
    👍👍👍
    Murodillo
    👍👍👍
    Шерзод
    Роббим панохида асрасин хамиша мўмин ва мўминаларни барча мусулмонларни
    Дустлар бухам Бир синов