O‘zbekiston yosh diplomatlari klubi ochildi - TIV

O‘zbekiston yosh diplomatlari klubi ochildi - TIV

Tashqi ishlar vazirligi muassisligida tashkil etilgan “O‘zbekiston yosh diplomatlari klubi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbek diplomatiyasi an’analarining davomiyligini saqlash maqsadida Nodavlat notijorat tashkilot sifatida “O‘zbekiston yosh diplomatlari klubi” tashkil etildi.

Klubning vazifalari sifatida xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalar va yosh diplomatlarning kasbiy mahoratini hamda malakasini oshirish, ularning o‘z salohiyati va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish belgilangan.

Qayd etilishicha, mamlakatning yetakchi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari va vazirlik xodimlari tomonidan talabalar o‘rtasida ikki bosqichli sinov o‘tkazilgan.

Unga ko‘ra, 200 dan ortiq talabgorlar orasidan 50 nafar o‘zini har tomonlama bo‘lajak diplomat sifatida namoyon eta olgan iqtidorli talabalar Klub a’zoligiga tavsiya etildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!