O‘zbekiston xalq artisti va sirk ustasi Hakim Zaripov vafot etdi.

O‘zbekiston xalq artisti va sirk ustasi Hakim Zaripov vafot etdi.

O‘zbekiston xalq artisti va sirk ustasi Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Zaripov 1924 yilning 17 sentyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1947 yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan.

Hakim Zaripov o‘z mehnat faoliyatini 1942 yilda “O‘zbek davlat sirki” respublika birlashmasida chavandoz sifatida boshlagan. U sirk san’ati sirlarini yoshlarga o‘rgatib, yarim asrdan ziyod jahon arenasida tomosha ko‘rsatib kelayotgan Zaripovlar sulolasi vakillaridan biri edi.

U umri davomida sirk manejida "yashadi" va 1946 – 1997 yillar davomida sirk san’atining ustasi, iqtidorli chavandozi, hayvon o‘rgatuvchisi, masxaraboz, kino aktyori, kaskadyor sifatida jahon sirki tarixidan munosib o‘rin egalladi.

“Hakim Zaripov o‘zbek sirki san’atini rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan usta, badiiy va ijodiy guruh rahbari, otasining ishini munosib davom ettirgan, respublika va jahon miqyosida o‘tkazilgan tomoshalarda qatnashib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘targan, butun dunyoga o‘zbek sirkini tanishtirgan artist sifatida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan mehnat faxriysi edi”, - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!