O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iyligini tasdiqladilar

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga intilish qat’iyligini tasdiqladilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, qardosh Turkmaniston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

O‘z navbatida Xalq Maslahati Raisi O‘zbekiston yetakchisiga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning salomini yetkazdi.

Tomonlar strategik sheriklikning bugungi holatini yuksak baholadilar. Barcha darajalarda yaqin va samarali aloqalar davom ettirilmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror sur’atda o‘smoqda, sanoat, energetika, transport va boshqa ustuvor tarmoqlarda kooperasiya loyihalari amalga oshirilmoqda. “Shovot-Toshovuz” savdo zonasi unumli faoliyat yuritmoqda.

Hududlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda.

Yaqinda Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlarining yakunlari yuksak baholandi.

Joriy yil oktyabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mintaqaviy kun tartibini muvofiqlashtirish va ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexer