O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd $dan oshishi kerak

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 1 mlrd $dan oshishi kerak

Bunday fikrni Tojikiston Milliy fanlar akademiyasi ilmiy xodimi Kamoliddin Kamolov bildirdi.

Uning tushuntirishicha, umumiy tovar ayirboshlash allaqachon 500 mln $lik chegaradan oshib ketdi va Emomali Rahmonning yaqinda qo‘shni respublikaga tashrifidan keyin bu ko‘rsatkich o‘sishi kutilmoqda.

“Bu postsovet hududidagi ikki tomonlama hamkorlikning eng yaxshi namunasidir”, — dedi ekspert.

Kamolovning so‘zlariga ko‘ra, munosabatlarning ijobiy dinamikasini turli sohalarda – savdo-iqtisodiy yo‘nalishdan tortib madaniy-gumanitargacha bo‘lgan faol sherikchilik, shuningdek, chegaralarni demarkasiya va delimitasiya qilish jarayonining yakunlanishini belgilab beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!