O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining maxsus vakillari Afg‘oniston muammosini muhokama qilishdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistonining maxsus vakillari Afg‘oniston muammosini muhokama qilishdi

Ismatulla Irgashev va Abdulla bin Xolid al-Kabir Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklash va uni mintaqaviy integrasiyaga faol jalb etish muhimligi haqida kelishib oldilar. Afg‘on inqirozini faqatgina Tolibonga nisbatan jahon hamjamiyatining mujassamlashgan pozisiyasini rivojlantirish, shuningdek, afg‘onlarga xalqaro gumanitar yordamni ko‘paytirish orqali hal qilish mumkin, degan xulosaga kelinmoqda.

Ar-Riyod Toshkentning Afg‘oniston yo‘nalishidagi amaliy qadamlarini, jumladan, iyul oyi oxirida «Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazishini yuqori baholadi hamda Transafg‘on temir yo‘li loyihasini har tomonlama qo‘llab-quvvatladi va buni o‘z vaqtida amalga oshirilgan deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!