O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasida muhim kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston chegara masalasida muhim kelishuvga erishdi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ikki davlat chegarasi demarkasiyasi bo‘yicha shartnoma loyihasi matnini ma’qulladi. Bu haqda Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 25 iyulidan 5 avgustiga qadar Olma-Ota shahrida Qozog‘iston va O‘zbekiston Respublikalari hukumat delegasiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Muzokaralar davomida tomonlar Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi davlat chegarasi demarkasiyasi to‘g‘risidagi shartnoma matnini hamda chegara demarkasiyasi yakuniy hujjatlari loyihasi paketini ishlab chiqish yuzasidan kelishuvga erishgan.

Ushbu masala yuzasidan navbatdagi uchrashuv Toshkentda bo‘lib o‘tishi belgilangan. Uning muddati diplomatik kanallar orqali aniqlashtiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!