O‘zbekiston va Qozog‘iston 54ta shartnoma imzoladi

O‘zbekiston va Qozog‘iston  54ta shartnoma imzoladi

O‘zbekiston Qozog‘istonning eng yirik savdo hamkorlari TOP-5 ro‘yxatiga kirishi mumkin. Shu yil 9 oyida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2,9 mlrd $dan oshdi.

Turkistonda III mintaqalararo hamkorlik forumida Qozog‘iston bosh vazir Asqar Mamin va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov savdo-iqtisodiy, investisiya, qishloq xo‘jaligi, transport, suv-energetika va turizm sohalarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.

✍🏻Mashinasozlik, agrosanoat, qurilish materiallari, elektrotexnika, tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish bo‘yicha 611,3 mln $ 54ta shartnoma imzolandi.

Orolbo‘yi ekologik muammolarini hal etish bo‘yicha qo‘shma loyihalar davom etadi. “Orol dengizining qurigan tubida saksovul plantasiyalarini ekish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirishni taklif qilamiz, – dedi Qozog‘iston bosh vaziri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!