O‘zbekiston va AQSh Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar

O‘zbekiston va AQSh Prezidentlari ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash istiqbollarini muhokama qildilar

7 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Donald Trampni AQSh mustaqilligining 250 yilligi bilan yana bir bor tabrikladi.

Prezident Tramp, o‘z navbatida, O‘zbekiston-Amerika munosabatlari misli ko‘rilmagan darajaga yetganini hamda ikki mamlakat yetakchilari o‘rtasida ishonchga asoslangan yaqin muloqot o‘rnatilganini ta’kidladi.

Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarning izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etilib, strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

O‘zaro hamkorlikning deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan ikki tomonlama muloqot va almashinuvlarning jadal sur’atiga yuqori baho berildi.

Uch yillik iqtisodiy hamkorlik dasturi izchil amalga oshirilmoqda. Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investisiya kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston hududlari va Amerika shtatlari o‘rtasidagi hamkorlik kengayib bormoqda. AQSh fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etilgani ishbilarmonlik aloqalarining faollashuviga xizmat qilmoqda.

Fuqaro aviasiyasi, avtomobilsozlik, tog‘-kon sanoati, infratuzilma, energetika, metallurgiya, sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va boshqa sohalarda qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilinar ekan, global xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro va mintaqaviy mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish borasidagi sa’y-harakatlarni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

Etakchilar bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqdilar.

Suhbat yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Donald Trampga o‘zi uchun qulay vaqtda rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga kelishni taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.

“Agar men prezident bo‘lmaganimda, Isroil ham bo‘lmas edi”

Доналд Трамп Эрон раҳбариятини “қаттиққўл ва ақлли, биро