O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiyasini import qilishni boshladi

O‘zbekiston Tojikistondan elektr energiyasini import qilishni boshladi

Anomal sovuq davrida Surxondaryo viloyatida aholi va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shni Tojikiston Respublikasidan qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.

Jumladan, 2023 yil 18 yanvar kuni Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlarining 70 foiz, Bandixon, Qiziriq, Sherobod tumanlarining 90 foiz va Boysun tumanidagi elektr energiya iste’molchilari Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari qatori Tojikiston Respublikasining “Regar-500” podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlari orqali kuchlanish bilan ta’minlandi.

Viloyatimizning Termiz, Jarqo‘rg‘on tumanlarining 30 foizi, Muzrabot, Angor, Sherobod tumanlarining 10 foizi hamda Termiz shahrining elektr energiya iste’molchilari 196 MVt yuklama bilan O‘zbekiston Respublikasi orqali kuchlanish bilan ta’minlanmoqda.

Tojikiston Respublikasining “Regar-500” podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining har biridagi simning yuklamani ko‘tarish qobiliyati 250 MVtga mo‘ljallangan bo‘lib, L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining birortasi favqulotda o‘chib qolish holatlari yuz bergan vaqtlarda energosistemani saqlab qolish maqsadida Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Boysun, Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari bo‘yicha Janubiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi dispetcherlarining topshirig‘i va Surxondaryo hududiy dispetcherlik bo‘limi dispetcherining farmoyishi bilan tumanlarning o‘zidan tasdiqlangan cheklash grafigiga asosan 6-10 kVli fiderlardan soatiga 70-80 MVt dan cheklash olib borish taqazo etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!