O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dushanbedagi uchrashuvda ishtirok etdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dushanbedagi uchrashuvda ishtirok etdi

2022 yil 13 may kuni Dushanbe shahrida tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari mintaqaviy hamkorlikning dolzarb mavzulari, jumladan, iqtisodiyot sohasida, savdo va investisiyalar, transport va tranzit, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy tahdidlar va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurash sohalarida aloqalar samaradorligini oshirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

Tomonlar Markaziy Osiyo davlatlari Rahbarlarining navbatdagi, to‘rtinchi, Maslahatlashuv uchrashuviga tayyorlarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kelgusi sammit doirasida imzolanishi rejalashtirilgan XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantirish maqsadida Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma mintaqa mamlakatlari hamkorligi tarixida yangi davrni boshlab berishi ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!