O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi

O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi

O‘zbekiston Sharqiy Quddusdagi vaziyat keskinlashganidan jiddiy xavotir bildirdi. Bu haqda respublika TIV bayonot berdi.

TIV o‘z bayonotida tomonlarni keskinlikni kuchaytirmaslikka va mojaroni tezroq bartaraf etish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqirdi.

“Falastin-Isroil muammosini hal qilish xalqaro huquq normalariga muvofiq, BMT Xavfsizlik Kengashining avval qabul qilingan rezolyusiyalari va “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyili asosida amalga oshirilishi zarur”, - deyilgan bayonotda.

O‘zbekiston tomonlarni ixtilofni muloqot va diplomatiya yo‘li bilan hal qilish uchun vazminlik hamda siyosiy iroda ko‘rsatishga chaqirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!