O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuviga hakamlar tayinlandi

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni uchrashuviga hakamlar tayinlandi

O‘zbekiston terma jamoasi 14 noyabr, payshanba kuni Jahon Chempionati—2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Saudiya Arabistoni bilan bahs olib boradi.

Toshkentda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvni yaponiyalik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘yin bosh hakami — Ryuji Sato. Unga qanotlarda hamyurtlari — Hiroshi Yamauchi hamda Jun Mihara yordam beradi. Zaxira hakami — Yudai Yamamoto.

JCh—2022 saralashi

5-tur bahsi

14 noyabr, payshanba

O‘zbekiston — Saudiya Arabistoni

Bosh hakam: Ryuji Sato (Yaponiya).

Yordamchi hakamlar: Hiroshi Yamauchi (Yaponiya), Jun Mihara (Yaponiya).

Zaxira hakami: Yudai Yamamoto (Yaponiya).

Nazoratchi: Omar Musa Halaf Abu Lum (Iordaniya).

Komissar: Mohd Sayfiddin Abu Bakar (Malayziya).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!