O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashi majlisidagi nutqi

Hurmatli hamkasblar!

An’anaviy iliq qabul va bugungi sammitimizni ajoyib tarzda tashkil etgani uchun Tojikiston Respublikasi Prezidenti, hurmatli Emomali Sharipovich Rahmon sha’niga bildirilgan samimiy minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman.

Tojikistonning MDHga samarali raisligini, bu davrda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘ptomonlama sheriklik yangi sur’at bilan rivojlana boshlaganini alohida qayd etishni istar edim.

Global siyosat va iqtisodiyotda murakkab, oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan jarayonlar kechayotgan sharoitda, xalqaro institutlarning roli zaiflashib borayotgan bir vaziyatda MDH o‘zining barqarorligi, samaradorligi va zaruriy tuzilma ekanini namoyish qilishda davom etayotganini ta’kidlamoqchiman.

O‘n yillar davomida yaratilgan mexanizmlar va yo‘lga qo‘yilgan muloqotlar tufayli iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar masalalarga oid barcha jabhalar bo‘yicha yaqin hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Biz MDH doirasida hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, tabiiy sheriklarimiz bo‘lgan mamlakatlar bilan amaliy hamkorlikning samaradorligini oshirishdan manfaatdormiz. Shu munosabat bilan O‘zbekiston ko‘ptomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish bo‘yicha bildirilgan baho va takliflarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida iqtisodiy sheriklikni kengaytirish biz uchun, hech shubhasiz, ustuvor yo‘nalishdir. Jahon iqtisodiyotida vaziyat yomonlashib, proteksionizm kuchayib borayotgani, barqaror taraqqiyotga yangi tahdidlar paydo bo‘layotganini hisobga olganda, bu alohida muhim ahamiyatga egadir.

Ta’kidlash zarurki, o‘tgan yili O‘zbekistonning MDHdagi sheriklari bilan savdo aylanmasi hajmi 11 foizga o‘sdi. O‘zaro savdoda o‘sish hajmi joriy yilda ham ta’minlanmoqda.

Bunday ko‘rsatkichlar tarmoqlararo kooperasiyani chuqurlashtirish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi investisiya oqimlarining ko‘payishi bilan bevosita bog‘liqdir. Jadal hamkorligimiz sur’atlarini saqlab qolish maqsadida mavjud resurslarni yanada to‘liq ishga solish hal qiluvchi masala, deb hisoblaymiz.

Birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni quyidagi ustuvor masalalarga yo‘naltirishni taklif etamiz.

Birinchidan, savdo aylanmasini kuchaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni shakllantirish.

Bu o‘rinda so‘z alohida tovarlarni, birinchi navbatda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish jarayonida tartib-taomil va talablarni soddalashtirish va milliy bozorlarga kirish, jumladan, davlat xaridlarida ishtirok etish haqida bormoqda.

Mamlakatlarimiz bozorlarini o‘zaro mos holda kengaytirish muhimdir. Shu munosabat bilan MDH Iqtisodiy kengashi doirasida tashqi kon’yunktura o‘zgarishlariga tezkor javob berish va savdo oqimlari yo‘nalishini o‘zgartirish bo‘yicha mexanizmlarni ishga tushirish maqsadga muvofiq.

Shuningdek, texnik to‘siqlar va muvofiqlikni baholashga oid hujjatlarni tan olish to‘g‘risidagi bitimlar loyihalarini kelishish borasidagi ishlarni faollashtirish zarur, deb hisoblaymiz.

Ikkinchidan, transport sohasida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratishni istar edim.

Afsuski, MDH makonida transport tarmog‘ida amaldagi yo‘laklarning o‘tkazish samaradorligini pasaytiradigan muammoli holatlar hamon saqlanib qolmoqda.

Barcha transport turlari bilan integrasiyalashgan axborot-logistika markazlarini yaratishni zamonning o‘zi talab etmoqda, deb hisoblaymiz.

Bundan tashqari, yuk tashish infratuzilmasini modernizasiya qilish uchun xususiy investisiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish muhimdir. Shu munosabat bilan transport sohasida davlat-xususiy sheriklik masalalari bo‘yicha MDH mamlakatlari konferensiyasini O‘zbekistonda o‘tkazishni rejalashtirmoqdamiz.

Uchinchidan, o‘zaro investisiyalarning o‘sishini rag‘batlantirish va kooperasiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash.

Hamkorlik bo‘yicha to‘plangan ijobiy tajribani hisobga olib, mamlakatlarimizda maxsus iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga oid “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashni taklif etaman.

Biznesni jalb etgan holda kooperasiyani chuqurlashtirish va innovasion startaplarni ilgari surish MDHning Venchur platformasini yaratishga xizmat qiladi.

Kelgusi yili Toshkent “INNOPROM” ko‘rgazmasi doirasida mamlakatlarimiz hududlari va yetakchi kompaniyalarining keng ishtirokida MDH innovasion sanoat forumini o‘tkazishga tayyormiz.

Agar hamkasblarimiz ma’qullashsa, MDH Iqtisodiy kengashiga qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga ko‘rsatma berishni taklif etaman.

To‘rtinchidan, energetika sohasidagi hamkorlik muhim yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda MDHdagi sheriklarimiz bilan an’anaviy va muqobil energiya manbalaridan foydalanish, jumladan, atom elektr stansiyalari qurilishi sohasida qator yirik strategik loyihalarni amalga oshiryapmiz.

Biz, MDH mamlakatlarida energetika sektorini innovasion rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga mo‘ljallangan dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish tarafdorimiz.

Beshinchidan, raqamlashtirish sohasidagi hamkorlik alohida e’tiborga molikdir.

Joriy yilning avgust oyida Samarqandda tashkil etilgan “MDHda sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish” mavzusidagi xalqaro forum kooperasiya borasida o‘zaro qiziqish va imkoniyatlar o‘sib borayotganini ko‘rsatdi.

MDH bo‘yicha sheriklarimizning bu sohadagi faol sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz va Amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ko‘ptomonlama reja ishlab chiqishni taklif etamiz.

Hurmatli hamkasblar!

Biz ilm-fan, ta’lim, madaniyat va san’at sohasida qo‘shma dasturlarni kengaytirishdan manfaatdormiz.

Mamlakatlarimizda ta’lim sektori va mehnat bozori jadal rivojlanayotganini hisobga olib, Diplomlar, malaka va akademik dasturlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risida yangi davlatlararo kelishuvni tayyorlash, Professional standartlar va malaka talablarini uyg‘unlashtirish mexanizmini joriy etish lozim, deb hisoblaymiz.

Kun tartibiga innovasion ekotizimlarni shakllantirish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun Yoshlar laboratoriyasini yaratish masalasini kiritgan holda, MDH Yoshlar forumini Xivada qabul qilishga tayyormiz.

Hurmatli sammit ishtirokchilari!

Bugun mamlakatlarimizning xavfsizligi va barqarorligiga nisbatan umumiy xavf-xatar va tahdidlar haqida ko‘p aytildi.

Tashqi siyosat idoralari va maxsus xizmatlar yo‘nalishlari bo‘yicha tizimli va yaqin aloqalarni davom ettirish muhimdir. Bu o‘rinda so‘z hamkorlikni muvofiqlashtirish, axborot almashish va qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish haqida bormoqda.

Hamdo‘stlikning janubiy chegaralari haqida so‘z yuritar ekanmiz, Afg‘onistonda saqlanib qolayotgan murakkab vaziyatni unutmasligimiz kerak. Ushbu mamlakatda iqtisodiy va ijtimoiy inqiroz chuqurlashib borayotganini hisobga olsak, uning hududidan bo‘ladigan xavf-xatar va tahdidlar saqlanib qolmoqda.

O‘zbekiston Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik, osoyishtalik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning qat’iy tarafdori ekanini ta’kidlayman.

Shu munosabat bilan ushbu mamlakatda yirik investisiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda birgalikda ishtirok etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishni taklif etamiz.

Hurmatli hamkasblar!

Biz hurmatli Sergey Nikolayevich Lebedevni Hamdo‘stlik Bosh kotibi lavozimiga qayta tayinlanishini to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz.

So‘zimning yakunida Turkmaniston Prezidenti, hurmatli Serdar Gurbanguliyevich Berdimuhamedovga MDHda raislikni qabul qilib olgani munosabati bilan muvaffaqiyatlar tilayman.

Ishonchim komil, ushbu uchrashuv va qabul qilinayotgan qarorlar o‘zaro manfaatli ko‘ptomonlama hamkorlikni yanada kengaytirishga imkon yaratadi, xalqlarimiz va mamlakatlarimizning ravnaqi va farovonligi yo‘lidagi umumiy maqsadlar va vazifalarimizga erishishga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Бу ҳақда вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси матбуот хизмати хабар бермоқда.

Eronda 61 mln tonnalik oltin zaxirasi topildi

Шадан олтин кони Тоғ-кон саноати ва савдо вазирлиги томонидан маъқулланган

Serxio Ramos o‘zini «Real»ga taklif qildi. Madridliklarning bu taklifga javobi aniq

Аввалроқ Серхио Рамос "Монтеррей"ни тарк этиб, Европага қайтишга қарор қилгани маълум бўлганди.

Roberto Karlos Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi

Мадриднинг "Реал" клуби собиқ ҳимоячиси Роберто Карлос Криштиану Роналду ва Лионель Мессини таққослади.

Kelayotgan hafta O‘zbekistonda sovuq havo kutilmoqda

"Ўзгидромет" ҳаво ҳарорати тушиши ва кучли шамоллар ҳақида огоҳлантирди.

AQSh 2026 yildan dollarning yangi namunalarini muomalaga kiritadi

Ҳар бир купюранинг янги кўриниши муомалага чиқарилишидан олти-саккиз ой олдин оммага тақдим этилади.

Sirdaryodagi portlashda qancha odam halok bo‘ldi?

Аввал хабар қилинганидек, шу йил 2 декабрь куни соат 10:49 да Гулистон шаҳрининг "Тараққиёт" МФЙ ҳудудида жойлашган овқатланиш шохобчасида содир бўлган ёнғин ҳақида тез тиббий ёрдам "Сall-маркази"га соат 11:13 да хабар келиб тушган.

Rossiya Sibir daryolari suvini Markaziy Osiyo bilan bo‘lishmaydi — olimlar fikri

Иқтисодий сабаблар: профессор Михаил Болговга кўра, лойиҳа жуда қиммат ва инвесторлар йўқ. Экологик ва иқтисодий оқибатлар ҳам аниқ эмас.

«Real» Xabi Alonsoni ishdan bo‘shatmoqchi. Uning o‘rniga yana klub afsonasi tayinlanishi mumkin

Мадриднинг "Реал" клуби яна Ла Лига ўйинида ғалаба қозона олмади - бу сафар "Жирона" билан дуранг (1:1).

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Prokurorlar uchun 4,5 milliard so‘mga avtoturargoh qurilarkan

Тошкент вилояти прокуратурасига салкам 1 гектар майдонда автотураргоҳ қуриш учун Зойир Мирзаев 4,5 млрд сўм ажратаркан.

Orban: "Evropa Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda"

Бу ҳақда Венгрия бош вазири Виктор Орбан маълум қилди.

Ukraina Qurolli kuchlari Ryazan neftni qayta ishlash zavodiga zarba berdi

Бу ҳақда Украина ОАВлари Украина Қуролли кучлари Бош штаби баёнотига таяниб хабар берди.

Turk madaniyati va merosi fondi Prezidenti hamda Qozog‘iston Respublikasi Fan va Oliy ta’lim vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Учрашув давомида томонлар туркий дунёда илмий-фан ва таълим соҳаларидаги ҳамкорликни кенгайтириш, қўшма илмий-тадқиқот лойиҳаларини илгари суриш, олий таълим муассасалари ўртасидаги академик алоқаларни мустаҳкамлаш, шунингдек ёш олимлар учун алмашинув дастурларини ривожлантириш масалаларини муҳокама қилишди.

Moldova Rossiyaning Ukraina energetika inshootlariga hujumi ortidan Ruminiyadan yordam so‘radi

Бу ҳақда компания маълум қилди.

Akto‘beda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 kishi halok bo‘ldi, ularning 2 nafari o‘zbekistonlik

Вафот этганлар ва жабрланганларни Ўзбекистонга олиб келиш бўйича зарур чора-тадбирлар кўрилмоқда.

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Бугун, 7 декабр куни соат 08:57 да Қозоғистоннинг Актобе вилояти Айтекеби туманидан ўтган "Пермь-Тошкент" йўналишида ҳаракатланган “Yutong” йўловчи автобуси ён томонга ариққа ағдарилиб, йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлган.

Qariyb 1 mlrd so‘mlik horijiy valyutaning chet elga chiqib ketishi to‘xtatib qolindi

Ҳозирда ушбу шахсга нисбатан ЖКнинг 25,182-моддаси 2-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JSST: Dunyoda bezgakdan o‘lim holatlari ortmoqda

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотининг янги ҳисоботига кўра, ўтган йили дунё бўйича безгакка чалинганлар сони 282 миллион нафарни ташкил этган. Бу – 2023 йилга нисбатан 9 миллион нафар юқори кўрсаткич.

Indoneziyada suv toshqini va ko‘chkilar tufayli halok bo‘lganlar soni 753 nafarga yetdi

Индонезияда кечги кунларда кузатилган кучли ёмғирлар оқибатида юз берган сув тошқини ва кўчкилар қурбонлари сони 753 нафарга етгани маълум қилинди.

BBC: Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor

"Тун давомида Спин-Болдакдан қочқинлар оқими келган. Қўшни аҳоли пунктларининг аҳолиси ҳам ҳудудни тарк этмоқда", — дейди нашр манбаларидан бири.

Xalqaro yordam qisqarishi sabab 2025 yilda besh yoshgacha bo‘lgan 4,8 million bola vafot etdi

2025 йил давомида беш ёшгача бўлган 4,8 миллион боланинг вафот этгани қайд этилди. Бу кўрсаткич 2024-йилга нисбатан 200 минг нафарга кўп.

HAMAS G‘azo sektoridagi boshqaruvni topshiradi – Al Arabiya

Al Arabiya телеканалига жума куни берган интервьюсида ҲАМАСнинг юқори мартабали расмийси ҳаракат Ғазо секторидаги бошқарувни эндиликда давом эттириш нияти йўқлигини маълум қилди. Унинг айтишича, ҲАМАС аллақачон Ғазони келгуси босқичда бошқариш учун технократлардан иборат махсус қўмитани тузишга розилик билдирган.

Afg‘onistonda 13 yoshli bola oilasining qotilini 80 ming kishi oldida qatl qildi

Бу “Толибон” муваққат ҳукумати томонидан рухсат берилган қатл бўлиб, уни тахминан 80 минг киши томоша қилган. Болага қотилни кечириш ёки стадионни тўлдирган оломон кўз ўнгида ўлим жазосини ижро этиш ўртасида танлов берилган.

NATO Shimoliy Yevropa mudofasini boshqarish shtabini Niderlandiyadan AQShga ko‘chirmoqda

5 декабрдан бошлаб Дания, Швеция ва Финландия мудофасини режалаштириш учун Нидерландиянинг Брюнсюм шаҳридаги оператив штаб ўрнига Қўшма Штатларнинг Норфолк шаҳридаги қўмондонлик жавобгар бўлади, дея хабар бермоқда нашр NATO'нинг расмий баёнотига таяниб.

Buyuk Britaniya surishtiruvi: Putin 2018 yilda Skripalni Novichok bilan zaharlashga ruxsat bergan

Скрипал ва Юлия Солсбери марказидаги жамоат скамейкасидан ҳушидан кетган ҳолда топилган. Шу ҳужумдан бир неча ой ўтиб, Dawn Sturgess вафот этган.

Putin: Rossiya Donbassni harbiy yoki boshqa yo‘l bilan oladi

Киев бу билдирувни қатъий рад қилди.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishdan so‘ng Isroil hujumlarida 366 kishi halok bo‘ldi

2023-йил октябридан бери Исроилнинг Ғазо секторига ўтказган ҳужумларида 70 125 киши ҳалок, 171 015 киши яраланган. Сўңгги 24 соат ичида ўт очишни тўхтатиш келишувидан кейин янги ҳужумларда 366 киши ҳалок бўлди.

RF Fanlar akademiyasi: «Har yuzta rossiyalikdan bittasi OITS bilan kasallangan»

Россия Фанлар академияси эълон қилган расмий маълумотга кўра, мамлакатда ОИТС билан яшовчилар сони 1 миллион 250 минг нафарга етган.

Evropa yetakchilari Zelenskiyni AQShning ehtimoliy “xiyonati” haqida ogohlantirdi — Der Spiegel

Der Spiegel ёзишича, Европа раҳбарлари Украина президенти Владимир Зеленскийни Вашингтоннинг эҳтимолий хатти-ҳаракатларига нисбатан эҳтиёткор бўлишга чақирган.

Prezident topshirig‘i bilan Gulistondagi yong‘in sababli Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Бахтсиз ҳодиса оқибатида 29 нафар фуқаро турли даражада тан жароҳати олган, улардан 3 нафари вафот этган.

O‘zbekistonda ekologik baholash jarayonlari yanada takomillashtirilayotganligi ta’kidlandi

Швейцариянинг Женева шаҳрида Атроф-муҳитга таъсирни трансчегаравий контекстда баҳолаш тўғрисидаги Конвенция (Эспо конвенцияси) ва Стратегик экологик баҳолаш (СЭБ) протоколи доирасида Атроф-муҳитга таъсирни баҳолаш (АМТБ) ва СЭБ бўйича Ишчи гуруҳнинг 13-йиғилиши (1–3 декабр) бўлиб ўтмоқда. Тадбирда Ўзбекистон Республикаси Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси Давлат экологик экспертизаси маркази директори Ғайрат Маҳамедов бошчилигидаги делегация ҳам иштирок этди.

Qirg‘izistonda O‘RVI va gripp holatlari keskin oshdi

Қирғизистонда ЎРВИ ва грипп ҳолатлари кескин ошгани сабабли 50 дан ортиқ боғча вақтинча ёпилди, 5 та мактаб онлайн таълимга ўтказилди.

Germaniyada mamlakat armiyasiga uchun mo‘ljallangan 20 ming dona patron o‘g‘irlab ketildi

Патронлар юкланган юк машинаси ҳайдовчиси Бург шаҳрига етиб келгач, тунаш учун меҳмонхонага кирган

Kubada chivin chaqishi orqali yuqadigan viruslar tufayli 33 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Куба Соғлиқни сақлаш вазирлиги чивин чақиши орқали тарқаладиган арбовируслар туфайли 33 киши вафот этганини хабар қилди.