O‘zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi

A A A
O‘zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi

“Aholiga narkologik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan 2022 – 2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasi narkologiya xizmatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi, 2022 – 2023 yillarda narkologiya muassasalarini tibbiyot uskunalari bilan jihozlashning (qo‘shimcha jihozlashning) asosiy parametrlari, 2022 yil yakuniga qadar narkologik bemorlarni ixtiyoriy
va majburiy davolash uchun narkologiya dispanserlarida qo‘shimcha tashkil etiladigan o‘rinlar fondi tasdiqlandi.

🛑 Sog‘liqni saqlash vazirligi va Ichki ishlar vazirligining narkologik kasallikka chalingan shaxslarni majburiy ravishda davolash tartibini takomillashtirish yuzasidan quyidagi takliflariga rozilik berildi:

📌 ichki ishlar organlariga o‘z tashabbusiga ko‘ra, narkologik kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish yuzasidan hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish huquqini berish;

✅ 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

📌narkologik kasalliklarga chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish bo‘yicha barcha tibbiy tekshiruvlarni narkologiya dispanserlarining o‘zida, zarur hollarda boshqa muassasalarda amalga oshirish;

📌narkologiya dispanserlaridagi mavjud koykalar haqidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida olish imkoniyatini yaratish.

❗️Endilikda kasallikka chalingan shaxslarni majburiy davolashga yuborish to‘g‘risidagi ishlarni elektron tarzda sudlarga yuborish va sudlar tomonidan ularni videokonferensaloqa rejimida ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan narkologiya dispanserlari yoki tuman (shahar) davolash-profilaktika muassasalariga olib kelingan probasiya nazoratidagi shaxslarni alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’sirida yoki o‘zgacha tarzda mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish tartibini joriy etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!