O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan?

O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan?

"Huquqiy axborot" kanali O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga hozirgi kunga qadar 14 marta o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida ma’lumot berdi:

1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 77-moddasi 1-qismidagi “150 nafar deputatdan” degan so‘zlar “deputatlardan” degan so‘z bilan almashtirildi;

2002 yil 27 yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra hamda uning asosida 2003 yil 24 aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitusiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilgan;

2007 yil 11 apreldagi Qonun bilan Konstitusiyaning 89-moddasiga, 93- moddasining 15-bandiga, 102-moddasining ikkinchi qismiga tuzatishlar kiritilgan;

2008 yil 25 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 77-moddasi birinchi qismiga o‘zgartish kiritilgan;

2011 yil 18 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyasining 78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

2011 yil 12 dekabrda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 90-moddasi ikkinchi qismiga tuzatish kiritilgan;

2014 yil 16 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 32, 78. 93, 98, 103 va 117-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

2017 yil 6 aprelda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110 va 111-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

2017 yil 31 mayda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 80, 93, 108, va 109-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

2017 yil 29 avgustda qabul qilingan Qonun bilan Konstitusiyaning 99 va 102-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan;

2018 yil 15 oktyabrda qabul qilingan Qonun bilan 105-moddaning birinchi qismidagi “ikki yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini” degan so‘zlar “raisni (oqsoqolni)” degan so‘zlar bilan almashtirilgan;

2019 yil 18 fevralda qabul qilingan Qonun bilan 80 va 93-moddalardagi “Milliy” degan so‘z “Davlat” degan so‘z bilan almashtirilgan;

2019 yil 5 martda qabul qilingan Qonunga asosan 79, 93 va 98-moddalarga o‘zgartirishlar kiritilgan;

2019 yil 4 sentyabrda qabul qilingan Qonunga asosan saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan 96 va 117-moddalarga o‘zgartirishlar kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!