O‘zbekiston qiymati 7 mln. AQSh dollaridan ko‘proq miqdorda sabzi eksport qilgan

O‘zbekiston qiymati 7 mln. AQSh dollaridan ko‘proq miqdorda sabzi eksport qilgan

🏢 Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 7 oyida O‘zbekiston 10 ta davlatga qiymati 7,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 47,4 ming tonna sabzi eksport qilgan.

📌 Sabzi eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 ming tonnaga ko‘p.

✅ O‘zbekiston sabzi va sabzi mahsulotlarini eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
🔷 Qozog‘iston – 28,2 ming tonna
🔷 Qirg‘iz R. – 16,0 ming tonna
🔷 Rossiya – 2,9 ming tonna
🔷 Tojikiston – 322,5 tonna
🔷 Belarus – 10,3 tonna

✅ 2021 yilning 7 oyida xorijga eng ko‘p sabzi eksport qilgan hududlar:

🟢 Andijon viloyati – 12,5 ming tonna
🟢 Toshkent viloyati – 10,7 ming tonna
🟢 Qoraqalpog‘iston R. – 5,9 ming tonna
🟢 Farg‘ona viloyati – 4,8 ming tonna


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!