O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritish uchun qanday hujjat talab qilinadi?

O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlarini yoritish uchun qanday hujjat talab qilinadi?

Caylov kodeksiga ko‘ra, OAV vakillari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarni yoritish, shu jumladan, saylov kuni ovoz berish binolarida bo‘lish, ovozlarni sanab chiqish chog‘ida hozir bo‘lish huquqlariga ega. Buning uchun OAV vakilida Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan hujjat bo‘lishi kerak.

Bu uning akkreditasiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomadir. Ya’ni, “Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalari vakillarini akkreditasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga ko‘ra, saylovni yorituvchi OAV vakillari — Markaziy saylov komissiyasi tomonidan akkreditasiyadan o‘tkaziladi va maxsus guvohnoma beriladi.

ESLATMA!
OAV vakillari saylov jarayonlarida o‘ziga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan berilgan guvohnomani hamda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni yonida olib yurishi, vakolatli shaxslar talabiga muvofiq ularni ko‘rsatishi shart.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!