O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoni ishbilarmonlari bilan sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 oktyabr kuni Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda Podshohlikning investisiyalar vaziri Xolid al-Falih, “ACWA Power”, “Al Muhaidib Group”, “Vision Invest”, “Data Volt”, “Riyadh Cables”, “AlMajdiah”, “InterHealth”, “Saudi Tabreed”, “AlBawani Holding”, “Miahona”, “Pemco” va boshqa yetakchi kompaniya va korporasiyalari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida Prezidentimiz ikki davlat rahbarlarining birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli keyingi yillarda O‘zbekiston-Saudiya ko‘p qirrali sheriklik munosabatlari yuksak darajaga ko‘tarilganini alohida ta’kidladi.

Qo‘shma loyihalarning umumiy portfeli 27 milliard dollardan oshdi. Shu bilan birga, joriy yil boshidan buyon yurtimizda Saudiyaning 2 milliard dollarlik investisiyalari o‘zlashtirildi. O‘zaro savdo hajmi barqaror oshib bormoqda. Aviaqatnovlar soni haftasiga 60 martadan ortdi.

Bugun ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali va uzoq muddatli sheriklikning yana bir yorqin dalili bo‘lgan tarixiy loyiha – yangi Toshkent xalqaro aeroportining qurilishiga tamal toshi qo‘yilishi alohida ta’kidlandi.

- O‘zbekistonning iqtisodiy transformasiyasiga, uning rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotgan saudiyalik hamkorlarimizni biz doim yuksak qadrlaymiz, - dedi Prezident.

So‘ng O‘zbekiston yetakchisi hamkorlikni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib, energetika sohasidagi loyihalar alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

Bugungi kunda "ACWA Power" kompaniyasi tomonidan mamlakatimizda 15 milliard dollarlik loyihalar, jumladan, hududlarda shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, "yashil" vodorodni rivojlantirish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Bunday loyihalarda o‘zimizning ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlaridan keng foydalanish sanoatimiz salohiyati rivojlanishiga xizmat qiladi.

Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. "Data Volt" kompaniyasi Toshkent shahrida zamonaviy ma’lumotlar markazini tashkil etish loyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Yangi Toshkent va Buxoroda shunday markazlar qurilishini, shuningdek, Saudiya Arabistoni kompaniyalarining raqamli tashabbuslardagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, titan va boshqa strategik muhim foydali qazilmalarning katta zaxiralariga ega.

Toshkent va Samarqand viloyatlarida "Kelajak metallari texnoparki" tashkil etilib, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Shu munosabat bilan mamlakatimiz yetakchisi saudiyalik investorlarni geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va xomashyoni qazib olishdan tortib, uni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha bo‘lgan barcha jarayonlardagi loyihalarda faol ishtirok etishga taklif etdi.

Infratuzilma sohasida "Miahona" kompaniyasi bilan Farg‘ona va Jizzax shaharlarida oqova suvlarni tozalash, Qoraqalpog‘istonda suv ta’minoti tizimlarini rivojlantirish va nasos stansiyalarini modernizasiya qilish loyihalari bo‘yicha muvaffaqiyatli hamkorlik qilinayotgani qayd etildi.

Shuningdek, "Saudi Tabreed" kompaniyasi bilan kommunal sohani rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Prezidentimiz Podshohlik kompaniyalarini infratuzilmani modernizasiya qilish va aholi turmush sifatini oshirishga qaratilgan yangi o‘zaro manfaatli loyihalarda faol ishtirok etishga chaqirdi.

O‘z navbatida, Saudiya Arabistoni yetakchi ishbilarmon doiralari vakillari Yangi O‘zbekistonning iqtisodiy siyosati, barqaror o‘sishi va qulay investisiyaviy muhitini yuqori baholab, mamlakatimizda o‘zaro manfaatli sheriklikni yanada chuqurlashtirish, aniq loyiha va dasturlarni ilgari surish rejalarini bayon qildilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Бу ҳақда вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси матбуот хизмати хабар бермоқда.

Eronda 61 mln tonnalik oltin zaxirasi topildi

Шадан олтин кони Тоғ-кон саноати ва савдо вазирлиги томонидан маъқулланган

Serxio Ramos o‘zini «Real»ga taklif qildi. Madridliklarning bu taklifga javobi aniq

Аввалроқ Серхио Рамос "Монтеррей"ни тарк этиб, Европага қайтишга қарор қилгани маълум бўлганди.

Roberto Karlos Ronaldu va Messi o‘rtasida tanlov qildi

Мадриднинг "Реал" клуби собиқ ҳимоячиси Роберто Карлос Криштиану Роналду ва Лионель Мессини таққослади.

Kelayotgan hafta O‘zbekistonda sovuq havo kutilmoqda

"Ўзгидромет" ҳаво ҳарорати тушиши ва кучли шамоллар ҳақида огоҳлантирди.

AQSh 2026 yildan dollarning yangi namunalarini muomalaga kiritadi

Ҳар бир купюранинг янги кўриниши муомалага чиқарилишидан олти-саккиз ой олдин оммага тақдим этилади.

Sirdaryodagi portlashda qancha odam halok bo‘ldi?

Аввал хабар қилинганидек, шу йил 2 декабрь куни соат 10:49 да Гулистон шаҳрининг "Тараққиёт" МФЙ ҳудудида жойлашган овқатланиш шохобчасида содир бўлган ёнғин ҳақида тез тиббий ёрдам "Сall-маркази"га соат 11:13 да хабар келиб тушган.

Rossiya Sibir daryolari suvini Markaziy Osiyo bilan bo‘lishmaydi — olimlar fikri

Иқтисодий сабаблар: профессор Михаил Болговга кўра, лойиҳа жуда қиммат ва инвесторлар йўқ. Экологик ва иқтисодий оқибатлар ҳам аниқ эмас.

«Real» Xabi Alonsoni ishdan bo‘shatmoqchi. Uning o‘rniga yana klub afsonasi tayinlanishi mumkin

Мадриднинг "Реал" клуби яна Ла Лига ўйинида ғалаба қозона олмади - бу сафар "Жирона" билан дуранг (1:1).

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Prokurorlar uchun 4,5 milliard so‘mga avtoturargoh qurilarkan

Тошкент вилояти прокуратурасига салкам 1 гектар майдонда автотураргоҳ қуриш учун Зойир Мирзаев 4,5 млрд сўм ажратаркан.

Orban: "Evropa Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda"

Бу ҳақда Венгрия бош вазири Виктор Орбан маълум қилди.

Ukraina Qurolli kuchlari Ryazan neftni qayta ishlash zavodiga zarba berdi

Бу ҳақда Украина ОАВлари Украина Қуролли кучлари Бош штаби баёнотига таяниб хабар берди.

Turk madaniyati va merosi fondi Prezidenti hamda Qozog‘iston Respublikasi Fan va Oliy ta’lim vaziri o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Учрашув давомида томонлар туркий дунёда илмий-фан ва таълим соҳаларидаги ҳамкорликни кенгайтириш, қўшма илмий-тадқиқот лойиҳаларини илгари суриш, олий таълим муассасалари ўртасидаги академик алоқаларни мустаҳкамлаш, шунингдек ёш олимлар учун алмашинув дастурларини ривожлантириш масалаларини муҳокама қилишди.

Moldova Rossiyaning Ukraina energetika inshootlariga hujumi ortidan Ruminiyadan yordam so‘radi

Бу ҳақда компания маълум қилди.

Akto‘beda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 kishi halok bo‘ldi, ularning 2 nafari o‘zbekistonlik

Вафот этганлар ва жабрланганларни Ўзбекистонга олиб келиш бўйича зарур чора-тадбирлар кўрилмоқда.

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Бугун, 7 декабр куни соат 08:57 да Қозоғистоннинг Актобе вилояти Айтекеби туманидан ўтган "Пермь-Тошкент" йўналишида ҳаракатланган “Yutong” йўловчи автобуси ён томонга ариққа ағдарилиб, йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлган.

Qariyb 1 mlrd so‘mlik horijiy valyutaning chet elga chiqib ketishi to‘xtatib qolindi

Ҳозирда ушбу шахсга нисбатан ЖКнинг 25,182-моддаси 2-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JSST: Dunyoda bezgakdan o‘lim holatlari ortmoqda

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотининг янги ҳисоботига кўра, ўтган йили дунё бўйича безгакка чалинганлар сони 282 миллион нафарни ташкил этган. Бу – 2023 йилга нисбатан 9 миллион нафар юқори кўрсаткич.

Indoneziyada suv toshqini va ko‘chkilar tufayli halok bo‘lganlar soni 753 nafarga yetdi

Индонезияда кечги кунларда кузатилган кучли ёмғирлар оқибатида юз берган сув тошқини ва кўчкилар қурбонлари сони 753 нафарга етгани маълум қилинди.

BBC: Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor

"Тун давомида Спин-Болдакдан қочқинлар оқими келган. Қўшни аҳоли пунктларининг аҳолиси ҳам ҳудудни тарк этмоқда", — дейди нашр манбаларидан бири.

Xalqaro yordam qisqarishi sabab 2025 yilda besh yoshgacha bo‘lgan 4,8 million bola vafot etdi

2025 йил давомида беш ёшгача бўлган 4,8 миллион боланинг вафот этгани қайд этилди. Бу кўрсаткич 2024-йилга нисбатан 200 минг нафарга кўп.

HAMAS G‘azo sektoridagi boshqaruvni topshiradi – Al Arabiya

Al Arabiya телеканалига жума куни берган интервьюсида ҲАМАСнинг юқори мартабали расмийси ҳаракат Ғазо секторидаги бошқарувни эндиликда давом эттириш нияти йўқлигини маълум қилди. Унинг айтишича, ҲАМАС аллақачон Ғазони келгуси босқичда бошқариш учун технократлардан иборат махсус қўмитани тузишга розилик билдирган.

Afg‘onistonda 13 yoshli bola oilasining qotilini 80 ming kishi oldida qatl qildi

Бу “Толибон” муваққат ҳукумати томонидан рухсат берилган қатл бўлиб, уни тахминан 80 минг киши томоша қилган. Болага қотилни кечириш ёки стадионни тўлдирган оломон кўз ўнгида ўлим жазосини ижро этиш ўртасида танлов берилган.

NATO Shimoliy Yevropa mudofasini boshqarish shtabini Niderlandiyadan AQShga ko‘chirmoqda

5 декабрдан бошлаб Дания, Швеция ва Финландия мудофасини режалаштириш учун Нидерландиянинг Брюнсюм шаҳридаги оператив штаб ўрнига Қўшма Штатларнинг Норфолк шаҳридаги қўмондонлик жавобгар бўлади, дея хабар бермоқда нашр NATO'нинг расмий баёнотига таяниб.

Buyuk Britaniya surishtiruvi: Putin 2018 yilda Skripalni Novichok bilan zaharlashga ruxsat bergan

Скрипал ва Юлия Солсбери марказидаги жамоат скамейкасидан ҳушидан кетган ҳолда топилган. Шу ҳужумдан бир неча ой ўтиб, Dawn Sturgess вафот этган.

Putin: Rossiya Donbassni harbiy yoki boshqa yo‘l bilan oladi

Киев бу билдирувни қатъий рад қилди.

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishdan so‘ng Isroil hujumlarida 366 kishi halok bo‘ldi

2023-йил октябридан бери Исроилнинг Ғазо секторига ўтказган ҳужумларида 70 125 киши ҳалок, 171 015 киши яраланган. Сўңгги 24 соат ичида ўт очишни тўхтатиш келишувидан кейин янги ҳужумларда 366 киши ҳалок бўлди.

RF Fanlar akademiyasi: «Har yuzta rossiyalikdan bittasi OITS bilan kasallangan»

Россия Фанлар академияси эълон қилган расмий маълумотга кўра, мамлакатда ОИТС билан яшовчилар сони 1 миллион 250 минг нафарга етган.

Evropa yetakchilari Zelenskiyni AQShning ehtimoliy “xiyonati” haqida ogohlantirdi — Der Spiegel

Der Spiegel ёзишича, Европа раҳбарлари Украина президенти Владимир Зеленскийни Вашингтоннинг эҳтимолий хатти-ҳаракатларига нисбатан эҳтиёткор бўлишга чақирган.

Prezident topshirig‘i bilan Gulistondagi yong‘in sababli Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Бахтсиз ҳодиса оқибатида 29 нафар фуқаро турли даражада тан жароҳати олган, улардан 3 нафари вафот этган.

O‘zbekistonda ekologik baholash jarayonlari yanada takomillashtirilayotganligi ta’kidlandi

Швейцариянинг Женева шаҳрида Атроф-муҳитга таъсирни трансчегаравий контекстда баҳолаш тўғрисидаги Конвенция (Эспо конвенцияси) ва Стратегик экологик баҳолаш (СЭБ) протоколи доирасида Атроф-муҳитга таъсирни баҳолаш (АМТБ) ва СЭБ бўйича Ишчи гуруҳнинг 13-йиғилиши (1–3 декабр) бўлиб ўтмоқда. Тадбирда Ўзбекистон Республикаси Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси Давлат экологик экспертизаси маркази директори Ғайрат Маҳамедов бошчилигидаги делегация ҳам иштирок этди.

Qirg‘izistonda O‘RVI va gripp holatlari keskin oshdi

Қирғизистонда ЎРВИ ва грипп ҳолатлари кескин ошгани сабабли 50 дан ортиқ боғча вақтинча ёпилди, 5 та мактаб онлайн таълимга ўтказилди.

Germaniyada mamlakat armiyasiga uchun mo‘ljallangan 20 ming dona patron o‘g‘irlab ketildi

Патронлар юкланган юк машинаси ҳайдовчиси Бург шаҳрига етиб келгач, тунаш учун меҳмонхонага кирган

Kubada chivin chaqishi orqali yuqadigan viruslar tufayli 33 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Куба Соғлиқни сақлаш вазирлиги чивин чақиши орқали тарқаладиган арбовируслар туфайли 33 киши вафот этганини хабар қилди.