O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘ladi.

Ikki mamlakat yetakchilarining uchrashuvlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadi.

Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi o‘rin olgan.

O‘zaro savdoni ko‘paytirish, sanoat kooperasiyasi dasturlarini qo‘llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi.

Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plamini qabul qilish ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!