O‘zbekiston-Ozarbayjon Investisiya jamg‘armasi tashkil etiladi
Bu haqda O‘zbekiston investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, iyun oyida Ozarbayjon prezidentining O‘zbekistonga amaliy tashrifi chog‘ida tomonlar turli sohalardagi hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 500 mln $dan ortiq bo‘lgan hujjatlar to‘plamini imzolagan, endilikda esa loyihalarni amalga oshirish zarur.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya O‘zbekistonning asosiy savdo sherigi bo‘lib qolmoqda. 2021 yil yakuniga ko‘ra, mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 32,8 %ga oshib, 7,5 mlrd $ni tashkil qildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)