O‘zbekiston muzlatgichlarni asosan Rossiyadan import qilmoqda

O‘zbekiston muzlatgichlarni asosan Rossiyadan import qilmoqda

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 26,5 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 116 639 dona muzlatgich import qilingan.

Muzlatgich importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 8390 donaga oshgan.

O‘zbekiston 22 ta davlatdan muzlatgich import qilgan.

O‘zbekiston 4 oy mobaynida eng ko‘p muzlatgich import qilgan davlatlar:

Rossiya – 66 914 dona

Xitoy – 31 339 dona

— Turkiya – 5986 dona

— Belarus – 5200 dona

— Indoneziya – 2232 dona

— Tailand – 1471 dona

— Vyetnam – 1326 dona

Germaniya – 107 dona

— Italiya – 105 dona


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!