O‘zbekiston fuqarolarni Kobuldan Buxoro aeroporti orqali evakuasiya qilishga ruxsat berdi

O‘zbekiston fuqarolarni Kobuldan Buxoro aeroporti orqali evakuasiya qilishga ruxsat berdi

O‘zbekiston hukumati fuqarolarni Kobuldan Buxoro aeroporti orqali evakuasiya qilishga ruxsat berdi. Bu haqda "Interfaks" xabar berdi.

"Bugun yo‘lovchilar reysi Buxorodan Budapeshtga, Kobuldan evakuasiya qilinganlar bilan jo‘natildi", dedi agentlik manbasi.

Unga ko‘ra, Vengriyaning Wizz Air aviakompaniyasi bortida Vengriya, Yevropa Ittifoqining bir qator davlatlari va Afg‘oniston fuqarolari bor.

Xabar qilinganidek, Afg‘onistondagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng, O‘zbekiston bu mamlakatdan evakuasiya qilish zanjirining oraliq bo‘g‘ini vazifasini bajaradi. Germaniya hukumati Toshkent aeroporti orqali vatandoshlarini, shuningdek, Yevropa Ittifoqi fuqarolari va afg‘onlarni evakuasiya qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!