O‘zbekiston eng ko‘p limonni yana Rossiyaga eksport qildi

O‘zbekiston eng ko‘p limonni yana Rossiyaga eksport qildi

O‘zbekiston yanvar-mart oylarida Rossiyaga 898 tonna limon eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

O‘zbekiston yanvar-mart oylarida 6 ta xorijiy davlatga 1,6 ming tonna limon eksport qilgan. Ularning qiymati 1,7 mln dollarga teng.

Rossiya bu safar eng ko‘p limon xarid qildi va boshqa davlatlar ichida yetakchi bo‘ldi. Keyingi o‘rinni Qozog‘iston (433 tonna) va Qirg‘iziston (246 tonna) egalladi.

Xorijga eng ko‘p limonni Farg‘ona viloyati eksport (594 tonna) qildi. Toshkent viloyati – 334 tonna, Xorazm viloyati – 226 tonna, Surxondaryo viloyati – 147 tonna.

Aytilishicha, limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 50 tonnaga kamaydi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston limonlarini xarid qilishda ham Rossiya yetakchi bo‘lgandi. Ikki oy davomida u yerga 715 tonna limon eksport qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!