O‘zbekiston elchisi Hindiston davlat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston elchisi Hindiston davlat tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahatov Hindiston davlat tashqi ishlar vaziri va davlat madaniyat ishlari vaziri Minakashi Lekhi bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Minakashi Lekxi 2021 yil 23-27 sentyabr kunlari Toshkentga amalga oshirilgan tashrifni har tomonlama samarali va yuqori darajada tashkil etilgani uchun O‘zbekiston hukumatiga yana bir bor samimiy minnatdorlik bildirdi.

Tashrif davomida O‘zbekistan va Hindiston hukumatlari o‘rtasida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Madaniy almashinuv dasturining imzolangani mazkur yo‘nalishdagi amaliy hamkorlik uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Mazkur dastur doirasida ikki davlat muzeylari, yirik kutubxonalari va arxivlari o‘rtasida faol amaliy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!