«O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki» tashkil etiladi

«O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki» tashkil etiladi

Prezident rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda qora metallurgiya sohasini rivojlantirishga qaratilgan yangi yirik loyihalar taqdim etildi.

Ma’lum qilinishicha, Bekobod metallurgiya kombinati hududidagi 90 gektar maydonda tayyor infratuzilmaga ega «O‘zbekiston ekologik texnologiyalar sanoat parki» tashkil etiladi.

Shuningdek, mazkur hududda qora metallurgiya sohasi bo‘yicha R&D (ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar) markazi tashkil qilinib, yangi turdagi mahsulotlarni yaratish va ularni sanoatga joriy etish yo‘lga qo‘yiladi.

Sanoat parkida xalqaro standartlar bo‘yicha sertifikatlar beradigan zamonaviy laboratoriya ham ish boshlaydi.

Joriy yilning o‘zidayoq xususiy investorlar ishtirokida katta diametrli quvurlar, ko‘tarma kranlar, filtrlash uskunalari va boshqa yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Samarqand, Jizzax, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi yirik metallurgiya korxonalari atrofida umumiy qiymati 100 million dollarlik kooperasiya loyihalari dasturi ishlab chiqiladi.

Qayd etilishicha, mazkur tashabbuslar hududlarda qo‘shilgan qiymat zanjirini kengaytirish, xususiy sektor faolligini oshirish hamda yangi turdagi metall mahsulotlarini mahalliylashtirishga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Ronalduning to‘yida onasi qatnashmadi

Криштиану Роналду 41 ёшида Жоржина Родригес билан оила қурди.

Cobalt’ning O‘zbekistondagi sotuvlari 2 baravargacha tushib ketdi

2026 йилнинг биринчи ярмида UzAuto Motors қарийб 83 мингта Cobalt ишлаб чиқарган, аммо шундан атиги 41 мингтаси маҳаллий харидорларга сотилган.

Ginnessning rekordlar kitobi Xolandning