O‘zbekiston dunyodagi eng yirik “ATOMEXPO-2022” yadro forumi ishtirokchisi bo‘ldi

O‘zbekiston dunyodagi eng yirik “ATOMEXPO-2022” yadro forumi ishtirokchisi bo‘ldi

Forum Rossiyada 2009 yildan beri o‘tkazib kelinmoqda.

Bu galgi tadbirda 50 dan ortiq davlatdan elektroenergetika sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda. Ular sanoat chiqindilari, yadro texnologiyasining energiyadan tashqari qo‘llanilishi va yadro sohasida sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qiladi.

“ATOMEXPO-2022” ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan “Uzatom” agentligi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Yadro fizikasi instituti, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va MIFI Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkentdagi filiali xodimlari ishtirok etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!