O‘zbekiston delegasiyasi Kann kinofestivalida qatnashmoqda

O‘zbekiston delegasiyasi Kann kinofestivalida qatnashmoqda

Mashhur rejissyor va prodyuserlarga mamlakatning e’tiborga sazovor joylarida suratga olish uchun maxsus takliflar tayyorlangan.

Turizm va madaniy meros vazirligi, Yoshlar ishlari Agentligi, O‘zbekiston havo yo‘llari, Orient Group va Asialux Travel delegasiyamizning o‘sha yerda mamlakat imkoniyatlarini namoyish qilishda yordam bermoqda.

Bu yil O‘zbekiston uchinchi marotaba mashhur Kann kinofestivalida – Marche Du Films xalqaro kinoyarmarkasida o‘z Milliy pavilyonini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘zbekistonning noyob qadimiy shaharlari, manzaralari va qiziqarli joylarga boy. Bugun O‘zbekiston o‘z eshiklarini ochib, butun dunyodan kinoijodkorlar hamda jurnalistlarni kutib olishga shay. Ushbu festivaldagi pavilyon ko‘plab chet ellik kinoijodkor va jurnalistlarni jalb qilish uchun ajoyib maydon. Jamoamizga omad tilaymi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!