O‘zbekiston delegasiyasi Gruziyada bo‘lib o‘tayotgan saylovlarda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegasiyasi Gruziyada bo‘lib o‘tayotgan saylovlarda ishtirok etmoqda

Bugun 2 oktyabr kuni Gruziyada mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.


Gruziya Markaziy saylov komissiyasi taklifiga binoan, Markaziy saylov komissiyasi kotibi, kotibiyat rahbari X.Mamatov, shuningdek MSK Saylov qonunchiligi va zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha o‘quv markazi direktori o‘rinbosari K.Arslanova YEXHT DIIHB kuzatuv missiyasi tarkibida saylovlarni monitoring qiladi.

Gruziyada mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlariga saylovlarda 3 million 497 345 saylovchi ro‘yxatdan o‘tgan.

Aralash tizim asosida o‘tkaziladigan saylovlarda fuqarolar merlarni va mahalliy maslahat organlari – sakrebulo deputatlarini saylaydi. Mamlakatda bu yil birinchi marta ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan saylovchilar soni 39135 nafarni tashkil qilmoqda.

Saylovlar natijasida 64 sakrebuloda 64 mer va 2044 deputat o‘z lavozimlarini egallaydi.

https://bit.ly/3A9iwLC


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!